Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu transferi uchun 300 mln yevro sarflashga tayyor

14.07.2022, 11:40

Saudiya Arabistoni klubi Krishtianu Ronalduning transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

TVI va CNN Portuguesa xabariga ko‘ra, Arabiston yarimorolidagi klublardan biri «Manchester Yunayted» hujumchisi uchun 300 mln yevro taklif qilgan.

Bu mablag‘ning 250 millioni portugaliyalikning ikki yillik shartnomasiga (yiliga 125 mln), 30 millioni mankunianliklarga transfer to‘lovlari, 20 millioni agentlarga komission to‘lovlar uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.

AS’ning qayd etishicha, 37 yoshli futbolchi bu taklifni qabul qilishi dargumon. Ronaldu yana kamida bir mavsumni Yevropaning top-klublarida o‘tkazmoqchi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты