Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» va «Barsa» de Yong transferini 85 mln yevroga kelishishdi

14.07.2022, 18:47

«Manchester Yunayted» va «Barselona» klubi Frenki de Yong transferi masalasida kelishuvga erishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, tomonlar 25 yoshli futbolchining o‘tishi borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, transfer qiymati 85 million yevroni tashkil etadi. «Barsa»ning 75 million yevro mablag‘ni olishi kafolatlanadi, qolgan 10 million yevro bonus sifatida to‘lanishi mumkin.

Qayd etilishicha, shaxsiy shartnoma masalasida «Manchester Yunayted» hali futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishishi lozim. Frenki hamon «Barsa»ni tark etmoqchi emas.

Avvalroq, niderlandiyalik futbolchining agenti har ikki klub rahbariyatiga de Yong Kataloniya klubida qolishni istayotgani haqida ma’lum qilgani aytilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.07

Rosa chuzildida qachon rasman degan xabar chiqadi
a

  admin [off]
14.07

Ярим химоя анча кучсиз. Эриксен ва Дибалани олса яхши буларди. Хозир факат Бруно колган хужумга кушиладиган.

  [off]
14.07

Ex tugaydimi shu transfer
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты