Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Tuxel Ronalduning transferiga qarshi

14.07.2022, 20:51

Hujumchi Krishtianu Ronaldu ehtimol «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga o‘tmaydi.

Insayder Fabritsio Romano so‘zlariga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel 37 yoshli futbolchining transferiga qarshi.

Portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh «Chelsi» xo‘jayini Todd Bouli bilan Ronaldu transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan, ammo hal qiluvchi so‘z har doim murabbiy tomonda bo‘lgan. Tuxel jamoasida Ronalduni ko‘rishni istamagan. Endi «Chelsi» boshqa nishonlarga e’tibor qaratadi.

O‘tgan mavsumda 37 yoshli hujumchi «MYu» tarkibida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты