Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Lisandro transferi masalasida «Ayaks» bilan kelishuvga erishdi

14.07.2022, 22:55

«Ayaks» markaziy himoyachisi Lisandro Martines «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin.

Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, Manchester klubi rahbariyati Amsterdam klubi bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Argentinalik futbolchi tez orada «qizil iblislar» safiga o‘tadi. «MYu» Niderlandiya klubiga futbolchi uchun qariyb 50 million yevro transfer puli to‘lashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Martines o‘tgan mavsum Eredivizida 24 o‘yinda bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Avvalroq, «MYu» ushbu pozitsiyaga «Vilyarreal» himoyachisi Pau Torresni taklif etmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
15.07

Maguayr dan tez va aqilli

  [off]
15.07

Chaqqon o‘yinchi tez qaror chiqaradi yakka kurashlarda zo‘r o‘ynaydi
M

  Maruf [off]
15.07

Магуаер дан аник яхши
M

  Maruf [off]
15.07

Линдилофдан кучли буса керак менимча...

  [off]
15.07

Martinezda o‘yin amaluyoti yaxshi shuning uchun ten hag uni tanladi manimcha

  [off]
15.07

Bilmadimda bu uyinchilar uynaolarmikin Chelsi klubalini 38 millonga oldi

  Jasurbek [off]
14.07

Тен хаг билади кими олишини уйинчи яхшикан
a

  admin [off]
14.07

Тен Хаг хам факат Аяксдан уйинчи олиши нотугри иш. Бошка командаларда кучли уйинчилар жуда куп, факат Аяксга ёпишиб олиш керекмас.
a

  admin [off]
14.07

50 млн кичкина сумма эмас. Шунча пул сарфлаганга яраша асаостй таркибга кира олармикин. Келадиган химояси Магуайр ва Линделофдан кучлирок булиши керакда.
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты