Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Eriksen: «Hamon katta maqsadlarim bor va «MYu» – faoliyatimni davom ettirish uchun eng ideal joy»

15.07.2022, 22:55

Erkin agent sifatida «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan yarim himoyachi Kristian Eriksen o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Manchester Yunayted» – bu o‘ziga xos klub va men o‘ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Ko‘p marotaba «Old Trafford»da o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman, ammo buni «Yunayted»ning qizil libosida amalga oshirish — ajoyib tuyg‘u.

Erik ten Hagning «Ayaks»dagi ishini ko‘rdim. U va jamoasi har kuni e’tibor beradigan detallar hamda tayyorgarlik darajasini bilaman. U – qoyilmaqom murabbiy.

Erik bilan suhbatlashganimdan so‘ng uning qarashlari va jamoa o‘yinini qanday ko‘rishi haqida ko‘proq bilib oldim. Uning boshqaruvida kelajakdan yanada ko‘proq narsa kutyapman. Hali ham katta maqsadlarim bor, ko‘p narsaga erisha olishimni bilaman va bu – sayohatimni davom ettirish uchun eng ideal joy», – deya Eriksenning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, daniyalik 30 yoshli futbolchi «MYu» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
16.07

Xush kelibsan erikson seni ham qizil libosda ko‘rganimizdan biz ham xursandmiz

  [off]
16.07

Xush kelibsan
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты