Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher Holandga: «Manchesterning noto‘g‘ri tomoniga o‘tganing bilan tabriklayman»

16.07.2022, 20:28

Erling Holandning aytishicha, Ole-Gunnar Sulsher uni «Manchester Siti»ga o‘tgani bilan tabriklagan.

21 yoshli hujumchi mavsum oxirida Dortmundning «Borussiya»sidan «shaharliklar» safiga o‘tdi.

Sulsher avvalroq «Man Siti»ning derbidagi raqibi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lgan. Klub norvegiyalik mutaxassisni 21 noyabr kuni iste’foga chiqargandi.

«Siti» bilan shartnoma imzolaganimda, u meni tabrikladi va SMS yozdi: «Manchesterning noto‘g‘ri tomonida omad tilayman». Biz ba’zan gaplashamiz. O‘zingiz bilasiz, u «Molde»da bo‘lganimda faoliyatimga katta ta’sir ko‘rsatgan. U – yaxshi yigit», – deydi Holand Sulsher haqida.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
17.07

Xolandga tupirdim olg'a yunayted biz doim sen bilan
M

  M.E.N [off]
16.07

Togri u zor hujumchi lekin hammasini vaqt korsatadi
I

  Izzatbek [off]
16.07

Рой Кинг холладнинг отасини оёгини майиб килган экан шунинг учун касос олмокчи МЮдан
I

  Izzatbek [off]
16.07

Холланд хали АПЛни тезлигига дош берадими халли ундан тезкор Санчо Вернерлар ухлаб юришибди
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты