Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Krishtianu rejalarimizdan o‘rin olmagan». «Bavariya» Levandovski o‘rniga Ronaldu taklif etilishini rad etdi

17.07.2022, 00:02

«Bavariya» klubi Krishtianu Ronaldu jamoaga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi.

Myunxen klubi jamoani tark etayotgan Robert Levandovski o‘rniga Krishtianu Ronalduni taklif etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamijich ma’lum qildi.

«Krishtianu Ronaldu va uning faoliyati davomida erishgan yutuqlarini hurmat qilamiz. Ammo yana bir marta takrorlaymiz, klub uni taklif etishni rejalashtirmayapti. U rejalarimizdan o‘rin olmagan», – deydi Salihamijich.

Avvalroq, insayder Fabritsio Romano «Bavariya» Levandovskini «Barselona»ga sotib, uning o‘rniga Ronalduni taklif etish ishlarini boshlayotgani haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli portugaliyalik forvard ayni damda «MYu» safida Avstraliyada emas. U Portugaliyada yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
17.07

Айакс фудболжс мюдекан

  [off]
17.07

Кириштиано к,айта Ким билад
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты