Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sheringem: «MYu» Ronalduning maoshiga 2-3 futbolchini sotib olishi mumkin»

17.07.2022, 00:07

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Teddi Sheringem Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

Portugaliyalik forvard avvalroq mankunianliklar rahbariyatiga tegishli taklif bo‘lsa, Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tish istagi haqida ma’lum qilgandi.

«Men buni oldindan ko‘rardim. Odamlar ten Hag Ronaldu atrofida jamoa qurishi kerakmi yoki yo‘qmi, deb muhokama qilishmoqda. Lekin agar u ketmoqchi bo‘lsa, u holda ketadi. Bu esa «Manchester Yunayted» uchun butunlay boshqacha imkoniyatlarni ochadi.

Ronalduning maoshiga 2-3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolash mumkin, bu oylik – katta xarajatlar.

Hayot davom etadi. Krishtianu ketishni va boshqa joyda o‘ynashni xohlaydi, shuning uchun mavsum davomida kuchli va barqaror o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilarni topish kerak.

Ronaldu klubda nimalar bo‘layotganini kuzatadi, Fergyuson davridagi tuyg‘uni hozirgi bilan solishtiradi va bu holat unga yoqmaydi. Futbolda bir joyda tursang muvaffaqiyatsiz bo‘lasan, Ronaldu ham shunday deb o‘ylashi mumkin. Agar men Krishtianuning o‘rnida bo‘lsam, «Yunayted»ga: «Transfer bozordagi ishingiz bilan meni hayratda qoldiring», degan bo‘lardim.

Krishtianuda, ehtimol, yuqori darajada o‘ynash uchun 1-2 yil qoldi. U bu vaqtdan zavqlanishga loyiqdir», – deydi Sheringem.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
17.07

Хак, гап омат
M

  M.E.N [off]
17.07

Тугри гап
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты