Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Lisandro Martines transferini e’lon qildi

17.07.2022, 19:17

«Ayaks» markaziy himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

«Manchester Yunayted» klubi rasmiy sayti argentinalik futbolchi transferi masalasida «Ayaks» bilan kelishuvga erishilgani haqida rasman e’lon qildi. Martines tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shartnoma borasida yakuniy bitimni imzolashi va Britaniya vizasini olishi kutilmoqda.

Avvalroq, insayder Fabritsio Romano argentinalik himoyachi ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgani, «Yunayted» futbolchi transferi uchun Niderlandiya klubiga 55 million yevro to‘lashi haqida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Lisandro «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasidagi uchinchi yangi o‘yinchisi bo‘ladi. Bungacha klub Tirell Malasia va Kristian Eriksen bilan shartnoma imzolagandi.

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.07

Shavkat!Bu uyinchi Bayedanam battar qupol saviyasiz futbalist Apl bunaqalarni yeb tashlidi

  [off]
17.07

Енд мю бренфрт хужмчсн олмокчикан
S

  SHavkatjon [off]
17.07

Zamir! Yaxshi o'yinchi ekan

  [off]
17.07

Afsus bunaqa pulni yarmigayam arzirmikan bu himoyachi ekan uyinini ko'rdim aytarli kuchli emas APL bunaqalarga non berarmikan.Menimcha MUning yana bitta xatosi shudir
a

  admin [off]
17.07

Яхши трансфер булди, деб умид киламиз.
a

  admin [off]
17.07

Ха, расмий хабар бу

  [off]
17.07

Aniqmi
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты