Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Lisandroning «MYu»ga transferi 67 mln yevroga yetishi mumkin. «Ayaks» kelishuv shartlarini e’lon qildi

18.07.2022, 10:08

«Manchester Yunayted» «Ayaks» himoyachisi Lisandro Martines klubga o‘tishi haqida e’lon qilgach, Amsterdam klubi transfer shartlari haqida ma’lum qildi.

Angliya va Niderlandiyaning ikki klubi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, «MYu» argentinalik 24 yoshli markaziy himoyachi transferi uchun 57,3 million yevro kafolatlangan mablag‘ni to‘laydi, yana 10 million yevro bonus sifatida futbolchining natijasidan kelib chiqib to‘lanadi.

«Ayaks» rasmiy sayti Martines hali shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishini eslatgan.

Ma’lumot uchun, Lisandro o‘tgan mavsum «Ayaks»da jami 36 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.07

Toʻgrisi maniyam Koʻzim yetmayapti buni zoʻrligigayu endi nimayam diymiz omadini bersin

  [off]
18.07

Essiz umr essiz MU shunaqa futbalistlarga kuning qoldimi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты