Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

O‘rtoqlik o‘yini. «MYu» «Kristal Pelas»ni mag‘lub etdi, Marsyal ketma-ket 3-o‘yinda gol kiritdi 

20.07.2022, 10:12

Yevropa klublari yangi mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinlarini davom ettirmoqda.

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» klublari Avstraliyadagi turne doirasida o‘zaro maydonga tushishdi. Uchrashuvda Marsyal, Reshford va Sanchoning goli ten Hag jamoasiga g‘alaba keltirdi. Raqib jamoaning bitta goliga Uord mualliflik qildi – 3:1.

Qayd etish joiz, Marsyal ketma-ket 3-o‘yinda ham gol muallifi bo‘ldi. «Yunayted» avvalgi bahslarda «Liverpul» (4:0) va «Melburn»ni (4:1) yirik hisobda mag‘lub etgandi.

O‘rtoqlik o‘yini. Melburn, Avstraliya

«Manchester Yunayted» – «Kristal Pelas» 3:1

Gollar:
1:0 – Marsyal (17), 2:0 – Reshford (48), 3:0 – Sancho (59), 3:1 – Uord (74).

Chetlatish: Uill Fish (84).

«Manchester Yunayted»: De Xea, Dalot (Uan-Bissaka, 66), Lindelyof (Telles, 66), Maguayr (Fish, 65), Malasia (Lerd, 77), Fred (Sevij, 66), MakTomini (van de Bek, 46), B. Fernandesh (Ikbal, 66), Sancho (Amad, 66), Marsyal (Elanga, 66), Reshford (Mejbri, 66).

«Kristal Pelas»: Batlend (Mettyuz, 14), Klayn, Uord, Anderson, Mitchell, Rak-Saki, Milivoyevich, Fillips, Ebiovey, Mateta, Ayu.

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты