Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Tellesni «Sevilya»ga ijaraga berganini e’lon qildi

04.08.2022, 21:15

«Manchester Yunayted» himoyachisi Aleks Telles yangi mavsumni La Ligada o‘tkazadi.

Ingliz klubi 29 yoshli braziliyalik himoyachi «Sevilya»ga ijaraga berilganini e’lon qildi. Andalusiya klubi Telles sotib olish shartisiz bir yilga ijaraga olgan.

Avvalroq, «Sevilya» Tellesning faqat maoshini to‘lashi haqida xabar berilgandi. Himoyachining yillik maoshi 2 million funtni tashkil etadi.

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
a

  admin [off]
04.08

Яна бир узини окламаган трансфер.
Umumiy: 1

© 2022 Uzbek Reds
Контакты