Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Bolaning telefonini sindirgan Ronaldu sudga beriladi

24.08.2022, 09:51

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL o‘tgan mavsumining 32-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (0:1) qarshi o‘yindan keyin autizm bilan xastalangan 14 yoshli bolaning qo‘lidan telefonni urib tushirgan, oqibatda uskuna singan edi.

Keyinchalik futbolchi ushbu mojaro uchun uzr so‘radi.

Mersisayd politsiyasi voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, futbolchiga ogohlantirish berish bilan cheklandi.

Ammo bolaning onasi Sara Kelli bundan norozi ekanini bayon qildi.

«Adolat qaror topishini va uning javobgarlikka tortilishini istayman. Bunga erishishning yagona yo‘li – kurashni davom ettirish. Bu mojaro haqida politsiyaga shikoyat qilgandim, ammo ular hech qanday chora ko‘rishmadi», – deydi Kelli.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты