Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Ayntraxt» darvozaboni uchun 10 million yevro maosh taklif qildi

24.08.2022, 09:57

«Manchester Yunayted» o‘z safiga «Ayntraxt» darvozaboni Kevin Trappni taklif etmoqchi.

Sport1 xabariga ko‘ra, «MYu» Germaniya milliy jamoasi posboniga 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, klub nemis darvozaboniga yillik 10 million yevro maosh berishga tayyor. Kevin taklifni qabul qilmoqchi. Trappning jamoasi bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar belgilangan.

Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi 32 yoshli posbon jamoaning asosiy golkiperi David De Xea bilan asosiy tarkibdagi o‘rin uchun raqobat qilishini istamoqda.

Ma’lumot uchun, Trapp o‘tgan mavsum Bundesligada 32 o‘yinda o‘z darvozasidan 46 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
24.08

https://www.youtube.com/watch? ... CjbSc

  [off]
24.08

Jinnimi bular yoki boshi bilan urushib qolganmi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты