Ronaldu «Liverpul» ustidan g‘alabadan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdi
24.08.2022, 12:39
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Liverpul»ga qarshi g‘alabali o‘yindan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
«Manchester Yunayted»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda 37 yoshli portugaliyalik forvard 86-daqiqada maydonga tushdi.
«A’lo darajada ishlandi, «Manchester Yunayted». Qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdormiz, «Old Trafford», – deya yozadi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Avvalroq, portugaliyalik yulduz yozgi transfer oynasi yakuniga qadar klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi. Hujumchi jamoaning YeChLda ishtirok eta olmasligi va klubning zaxira o‘rindig‘ida qolayotgani sababli klubni tark etmoqchi.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]