Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Top-klublar nega Ronaldu transferini xohlamayotgani sababi tushuntirildi

24.08.2022, 12:42

Portugaliyalik jurnalist Rikardu Lestre «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning boshqa katta klubga o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni sanab o‘tdi.

«Agar «MYu» Ronalduni bepul qo‘yib yuborsa ham, kamdan-kam klublar uning maoshini ko‘tara oladi. Hatto «Bavariya» ham buni eplashiga shubha qilaman. Demak, faqat «Manchester Siti», PSJ va «Real» qoladi. Krishtianu Chempionlar Ligasida ishtirok etishga bo‘lgan katta ishtiyoqi tufayli faoliyatini «Borussiya» yoki «Sporting»da davom ettirishi mumkin.

Juda muhim omil: Ronaldu – so‘zlari katta ahamiyatga ega superyulduz. Masalan, Portugaliya milliy jamoasida kim o‘ynashini aynan u hal qiladi. Buning uchun bosh murabbiy Fernandu Santush va federatsiya prezidenti Fernandu Gomesh ko‘p tanqid qilingan. 2016 yilgi Yevropa chempionatidan keyin Ronaldu asosan o‘z agenti Jorje Mendesh mijozlarini asosiy tarkibga torta boshladi. Albatta, bunday kuchli shaxs jamoani ham, klubni ham parokanda qilishga qodir.

Ronalduni tarkibga moslashtirish uchun klubda ko‘p narsani o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Uning yuqori saviyasiga hech kim shubha bildirmaydi, ammo katta maoshi va yoshi – xavf xatar tug‘diradi. 30 yoshli Ronaldu boshqa, 37 yoshlisi boshqa. Albatta, u hozir ham ko‘p narsaga qodir, biroq «Real»da o‘ynagan Ronaldu emas. Uning tezligi pasaydi, o‘yin uslubini esa oldindan payqash oson.

Ronalduning kelishi klubdagi vaziyatni o‘zgartiradi. Uning yuqori maoshi, yoshi va jarohat olish ehtimoli, shuningdek, zaxirada qoldirilganida kelib chiqadigan notinchlik klublarni cho‘chitadi. Hech kim bunday murakkab vaziyatga tushib qolishni istamaydi. Albatta top-klublarning bunday munosabati uning obro‘siga foyda keltirmadi. Menimcha, mana shu sabablar tufayli Krishtianu «Manchester Yunayted»da qolib, o‘zining yetakchi ekanini isbotlagani va yana qahramonga aylangani yaxshiroq», deb Lestre so‘zlarini keltirmoqda sport1.de.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты