Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Brentford» bilan o‘yindan so‘ng nafaqat futbolchilarni, o‘zini ham jazolagani ma’lum bo‘ldi

24.08.2022, 21:05

Erik ten Hag APL 2-turidan o‘rin olgan «Brentford» (0:4) bilan bahsda «Manchester Yunayted» o‘yinchilari 13,8 km kam yugurganliklari uchun ertasiga shogirdlariga shu masofaga yugurishlarini aytadi.

Niderlandiyalik murabbiy aybning bir qismini o‘z zimmasiga olishga va ular bilan birga yugurishga tayyor edi.

Jazodan xabar topgach, futbolchilarning jahli chiqdi, biroq murabbiy ham ular bilan yugurishni rejalashtirganini bilishgach, norozilik yo‘qoldi.

Mirror shunday yozadi: «U barcha aybni o‘yinchilariga yuklamasligi aniq edi. Ten Hag o‘zini ham aybdor his qilishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Bu jazo futbolchilar uchun qiyin edi, ammo Erik uchun yanada mashaqqatliroq bo‘ldi. Barcha o‘yinchilar undan hayron qolishdi».

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты