Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Runi: «MYu» 20-25 yoshli o‘yinchilarni sotib olishi kerak. Kazemiro va Eriksendan ko‘ra de Yong mos kelardi»

24.08.2022, 21:32

Ueyn Runi Kazemironing transferini izohlar ekan, «Manchester Yunayted» yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytdi.

– «Kelajakka qarash zarurligiga qaytamiz. Ideal holda ular 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilarni sotib olishlari kerak va Kazemiro xuddi Kristian Eriksenga o‘xshaydi. U yaxshi o‘yinchi edi, lekin klubning oldinga siljishiga yordam beradimi?

Ten Hagning yarim himoya uchun asosiy maqsadi bo‘lgan Frenki de Yong ko‘proq to‘g‘ri kelardi. Kazemiro varianti kutilmaganda paydo bo‘lganga o‘xshaydi va vaziyatga bog‘liq ko‘rinadi. Agar ten Hag kelganidayoq u asosiy variant bo‘lganida, hayron qolardim. «MYu» de Yongni qo‘lga kirita olmagach, Kazemironi o‘z safiga qo‘shib oldi», – dedi «Yunayted»ning sobiq hujumchisi The Times gazetasiga.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
24.08

Bizga de yongdan kur cazemiro kuproq kerak xozir
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты