Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Trappdan rad javob olgach, «Nyukasl» darvozaboniga taklif yubordi

26.08.2022, 09:48

«Manchester Yunayted» klubi yozgi transfer oynasi yakuniga qadar darvoza chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Insayder Nikola Skiraning yozishicha, «Ayntraxt» va Germaniya milliy jamoasi golkiperi Kevin Trapp ingliz klubi taklifini rad etgan. «Yunayted» endi zaxira darvozaboni sifatida «Nyukasl»ning ikkinchi posboni Martin Dubravkaga taklif yuborgan. «MYu» slovakiyalik darvozabonni 5 mln funtga sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Dubravka o‘tgan mavsum APLda 26 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 35 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Avvalroq, «Ayntraxt» Trapp uchun «MYu»dan 25 mln yevro so‘ragani, ingliz klubi esa zaxira darvozabon uchun bu narxni juda baland deb hisoblayotgani haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklarning David De Xeadan keyingi ikkinchi darvozaboni Din Henderson mavsum oldidan «Nottingem Forest» a’zosiga aylangandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты