Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Xose Enrike: «Ronaldu Karragerga hurmatsizlik qildi. Krishtianu faoliyatini yakunlagach, uning tomonida kimlar qoladi, ko‘ramiz»

26.08.2022, 09:50

«Liverpul» va «Nyukasl»ning sobiq himoyachisi Xose Enrike «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

Portugaliyalik futbolchining «Liverpul»ga (2:1) qarshi o‘yin oldidan Gari Nevill va Roy Kin bilan salomlashgani, mersisaydliklar sobiq himoyasisi Jeymi Karragerga qo‘l uzatmagani Enrikega yoqmadi.

«Ronalduni Karragerga hurmatsizlik qilishi noto‘g‘ri. Kin va Nevill ham Sky Sports telekanalida Krishtianuni «o‘ldirishgan», shuning uchun bunday munosabatga asosiy sabab tanqid emasligiga ishonchim komil.

Karrager shuncha vaqt futbol o‘ynadi, «Liverpul» uchun juda ko‘p o‘yinlarda qatnashdi. Krishtianu hurmat belgisi sifatida «salom» deyishi kerak edi.

Bu – Ronalduni hech qachon yoqtirmasligimga yana bir misol. Krishtianu faoliyatini tugatganidan so‘ng uning yonida kimlar qolar ekan? Ko‘ramiz», – deb yozdi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты