Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: Krishtianu Ronaldu «Sporting» bilan shartnoma imzolashga yaqin

26.08.2022, 10:12

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etishga qaror qilgan, deya xabar bermoqda CaughtOffside nashri.

Manba xabariga ko‘ra, portugaliyalik 37 yoshli yulduz «Sporting» bilan kelishuvga erishishga yaqin. Lissabon klubi ayni damda ertaga, 26 avgust kuni o‘tkazilishi kutilayotgan Ronalduning taqdimot marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, Portugaliya klubi va Ronalduning agenti Jorje Mendesh transfer masalasini hal qilish arafasida.

Ma’lumot uchun, «Sporting» joriy mavsum YeChLda ishtirok etadi. Klub o‘tgan mavsum chempionatda 2-o‘rinni egallagandi. Ronaldu 2003 yil aynan Lissabon klubidan «MYu»ga ko‘chib o‘tgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.08

Qaytaqol darbadar o'g'il o'z uyingga
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты