Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Mendesh Ronaldu transferi bo‘yicha yana Italiya klublari bilan bog‘landi

26.08.2022, 19:21

Agent Jorje Mendesh mijozi Krishtianu Ronaldu uchun Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan klubni qidirmoqda.

Insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, u Italiyaning ikki jamoasi – «Napoli» va «Milan» bilan aloqalarni yangilagan.

Neapolliklar tarkibida hozircha hujumkor futbolchilar yetarli, biroq Mendesh hujumchi Viktor Osimhenning qulay shartlarda boshqa klubga o‘tishiga yordam berishga tayyor. Misol uchun, «Manchester Yunayted» bilan variant ko‘rib chiqilmoqda – nigeriyalik Ronalduning o‘rniga kelish mumkin.

Shuningdek, agent «Milan» bilan bog‘landi va hujumchi Rafael Leau bilan yuqoridagiga o‘xshash sxemani amalga oshirishga tayyor. Biroq «rossoneri» hech qachon 23 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmagan.

Mendesh boshqa klublarni ham ko‘rib chiqadi. Jumladan, «Chelsi», «Marsel» va «Sporting».

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты