Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Bavariya» himoyachisi «MYu» taklifiga rad javobini berdi

26.08.2022, 19:24

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasida Benjamin Pavardni qo‘lga kiritmoqchi edi.

Ingliz klubi «Bavariya» himoyachisini short-listga kiritgandi. Futbolchiga «Chelsi», «Atletiko» va «Yuventus» ham qiziqish bildirgan.

L’Equipe’ning yozishicha, bir necha kun oldin mankunianliklar taklif yuborishdi, ammo u rad etildi. 26 yoshli fransuz Myunxen klubida qolishga qaror qilganini aytdi.

Pavar bu mavsumda Bundesligada 3 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.08

Bu transferni o'yinchi emas Bavariya rad etdi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты