Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kazemiro: «Ronaldu har taraflama yordam bermoqda. Uning «MYu»da qolishiga umid qilaman»

26.08.2022, 23:20

«Manchester Yunayted» yangi futbolchisi Kazemiro Krishtianu Ronaldu dastlabki kundanoq unga yordam berayotgani, portugaliyalik yulduzning klubda qolishiga umid bildirdi.

«Ronaldu – jahonning barcha davrlardagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Uni qanchalik hurmat qilishimni biladi. Umid qilamanki, Krishtianu jamoada qoladi. Chunki u buyuk futbolchi, jamoaga har qanday vaziyatda yordam bera oladi.

U «MYu»ga ko‘plab gollar bera oladi. U g‘olib, yetakchi. Jamoa uchun juda muhim o‘yinchi.

Hali ingliz tilini o‘rganmaganim, Ronaldu bilan esa portugalchada gaplashishim va u bilan yaqinroq ekanim sababli ko‘proq muloqotda bo‘lamiz. U jamoadagi ilk kunimdan boshlab har taraflama yordam bermoqda. Uning jamoada qolishiga umid qilaman», – deydi Kazemiro.

Avvalroq, Ronaldu yozgi transfer oynasi yakuniga qadar Fransiya yoki Italiyaning yetakchi klublaridan biri safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «MYu» APL 4-turi doirasida 27 avgust, shanba kuni «Sautgempton» mehmoni bo‘ladi. O‘yin soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты