Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Mendesh «MYu» Ronalduni «Napoli»ga qo‘yib yuborishini xohlamoqda. Agent kelishuvga Osimhenni qo‘shmoqchi

27.08.2022, 11:53

Krishtianu Ronaldu «Napoli»ga o‘tishi mumkin, deb yozadi Janluka Di Marsio.

Agent Jorje Mendesh «Manchester Yunayted» 37 yoshli portugaliyalikni Neapol klubiga qo‘yib yuborishini talab qilishda davom etmoqda. Kelishuvga mankunianliklarga o‘tishi mumkin bo‘lgan Viktor Osimhen ham kiritilishi kutilmoqda.

Biroq bir qator nyuanslar mavjud. «Yunayted» hozir bor e’tiborini «Ayaks»dan Antonini sotib olishga qaratgan va braziliyalik vinger uchun 90 mln yevro berishga tayyor. Ingliz klubi Osimhen uchun yana 100 mln yoki undan ko‘proq mablag‘ sarflay oladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

«Napoli» nigeriyalik 23 yoshli forvard bilan 100+ mln evaziga xayrlashishga tayyor, ammo uning agenti futbolchi sotilmasligini aytdi. Shu bilan birga, «MYu» Ronalduning maoshining hammasini bo‘lmasa ham, ko‘pini to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, hozircha hech qanday muzokaralar yoki rasmiy taklif yo‘q.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.08

Tekinga quyib yuborish kerak Ronalduni Osemxen esa kerakmas deb uylayman
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты