Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Holandni qishki transferlar oynasida sotib olishni maqsad qilgan

27.11.2019, 20:10

«Manchester Yunayted» yanvarda «Zalsburg» hujumchisi Erling Holandni sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqadi.

The Times’ning xabariga ko‘ra, ingliz klubining skautlari joriy mavsumda 16ta bahsda 22ta gol urgan 19 yoshli hujumchining o‘yiniga ijobiy baho berishgan.

«MYu» futbolchini dastlab yozda sotib olmoqchi edi, ammo endi Avstriya klubini qishki transfer oynasida norvegiyalik hujumchini sotishga ko‘ndirmoqchi.

Oldinroq, «Zalsburg» hujumchini 85 million funtdan ko‘proqqa baholagani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchiga «Leypsig» ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.11

Umidbek Romadan Jekoni olgan eng maqul variant albatta ijara asosida

  [off]
28.11

Men umumiy yevrokuboklar deb aytayapman. Agar bu yildan uefani qarori özgarmagan bölsa aniq öynamaydi. Ammo men bu yangi qaror xaqida öqimadim xali! Yana bilmadim.

  [off]
28.11

Залсбург Чемпионлар Лигасидаку.М Ю да ойнайди

  [off]
27.11

Olsa yevropa ligasida uynaladi

  [off]
27.11

Умидбек++

  [off]
27.11

Qishda olgan bn evrokuboklarda öynolmidiku. Taklif- Xollandni qishda sotib olib öz klubida yozgacham ijarada qoldirish. Yozgacham boshqa bir tajribali evrokuboklarda öynamayotgan biror bir xujumchini Myuga ijaraga olish.

  [off]
27.11

Qishda olgan bn evrokuboklarda öynolmidiku. Taklif- Xollandni qishda sotib olib öz klubida yozgacham ijarada qoldirish. Yozgacham boshqa bir tajribali xujumchini Myuga ijaraga olish.
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты