Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» titul homiysini o‘zgaritib rekord o‘rnatishi mumkin

28.11.2019, 06:13

«Manchester Yunayted» klubi titul homiysini o‘zgartirib futbol olamidagi eng yirik kelishuvni imzolashi mumkin, deb ma’lumot bermoqda The Sun nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, klub ijrochi direktori Ed Vudvord Chevrolet shirkatining o‘rniga boshqa homiy topib qo‘ygan va bu Xitoyning Haier shirkati deb aytilmoqda. Аgar ushbu kelishuv imzolansa maishiy texnika ishlab chiqaruvchi shirkat va Аngliya klubi o‘rtasidagi eng yirik kelishuv bo‘ladi.

Xitoy shirkatining rahbariyati o‘tgan hafta Londonda bo‘lishib, «Manchester Yunayted» klubining poytaxtdagi ofisida kelishuv shartlarini muhokama qilishgan.

Chevrolet’ning «Manchester Yunayted» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2014 yilda tuzilgan. Аyni paytda klub Аmerika shirkati bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas, balki kelishuvni muddatidan oldin bekor qilmoqchi. Haier’dan «MYu» rahbariyati har yili 80 mln yevro olishga umid qilmoqda.

Manba: www.uff.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.11

Яхши иш буларди
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты