Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher: «Yosh futbolchilarning o‘yinidan mamnunman»

29.11.2019, 19:11

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Astana»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Natijadan xafa bo‘ldik. Ammo o‘yinning boshlanishi juda zo‘r o‘tdi va ajoyib gol urdik. Gollar o‘tkazib yuborgandan so‘ng ham raqib darvozasi oldida bosim qilishni davom ettirdik. Umuman olganda jamoaning va yosh futbolchilarning o‘yinidan mamnunman. Maydon markazida Levitt juda yaxshi o‘ynadi. O‘ylaymanki, yigitlar bu o‘yindan tajriba olishdi.

Jessi Lingard ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va yoshlarga o‘rnak bo‘ldi. U jamoaga qaytganidan xursandmiz.

Maydon sifati yaxshi edi. Bizda hech qanday muammo bo‘lmadi, yigitlarimizdan hech biri jabrlanmadi. Qozog‘istonga yaxshi qabul uchun minnatdorchilik bildiraman va g‘alaba bilan tabriklayman», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti..

Eslatib o‘tamiz, «MYu» muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты