Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Jessi Lingard: «Guruhda birinchi o‘rinni egallashni xohlaymiz»

29.11.2019, 19:15

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard Yevropa Ligasining 5-turidan o‘rin olgan «Astana»ga qarshi bahsdan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirdi.

– «Klubning yosh futbolchilari uchun juda muhim o‘yin bo‘ldi. Biz doim akademiyamiz o‘yinchilariga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Bugun ko‘pchilik debyut qildi.

Birinchi taymda ustunlik qildik, ammo ikkinchi taym boshini yaxshiroq o‘tkazishimiz mumkin edi. Bu yerda o‘ynash oson bo‘lmadi. Ular juda optimistik kayfiyatda edilar va muxlislar ham yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. G‘ayrioddiy muhitda o‘ynadik.

Guruhda birinchi o‘rinni egallashni xohlaymiz. «Alkmaar»ni mag‘lub etishimizga aminman», – deb Lingardning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.11

gol urgandan keyin tili chiqib qoptimi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты