Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Yevrokuboklarda, 3,5 yil deganda hisobni ochib, yutqazdi

29.11.2019, 19:34

«Yevropa Ligasining guruh bosqich uchrashuvida «Manchester Yunayted» safarda «Astana» (1:2) klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Angliya klubi Yevrokuboklarda 2016 yilning fevralidan buyon ilk bor hisobni ochganida yutqazdi.

So‘nggi bor, Yevropa Ligasi doirasida inglizlar «Mityuland» (1:2) jamoasiga qarshi o‘yinda hisobni ochib turib, mag‘lubiyatga uchrashgandi.

Shundan so‘ng, «Manchester Yunayted» Yevrokuboklarning 25ta uchrashuvida birinchi bo‘lib hisobni ochgan va shulardan 20tasida g‘alaba qozonib, 4tasida durang o‘ynagan. Bugun esa mag‘lubiyatga uchradi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.11

Антрекордлар купаймокда
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты