Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» «Yuventus» tekinga qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan futbolchiga shartnoma taklif qildi

30.11.2019, 20:41

«Manchester Yunayted» akademiyasi vakili Taxit Chongning klub bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga yetadi. Bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher esa ushbu masala borasida vaziyatga oydinlik kiritdi.

«Bir qancha futbolchilar bilan kelishuvni davom ettirish istagidamiz. Taxit ham bu ro‘yhatda bor, chunki biz u bilan ishlash niyatidamiz.

Unga juda yaxshi shartnoma yubordik, shunday ekan endi to‘p uning tomonida», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yosh futbolchi uchun «Yuventus» qiziqish bildirayotgan haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.11

Tekingayam qimnat futbolchi kelajagi nol

  [off]
30.11

Текин хур Жамоа
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты