Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Varan Avstraliya bilan o‘yinga tayyor

21.11.2022, 12:37

Fransiya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varan JCh-2022da o‘ynashga tayyor.

«Varan mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qildi. U Avstraliyaga qarshi o‘yinda bizning ixtiyorimizda bo‘ladi», – deydi Desham.

29 yoshli futbolchi oxirgi marta 22 oktabr kuni APL doirasida «Chelsi»ga (1:1) qarshi bahsda maydonga tushgandi va o‘shanda orqa son qismidan jarohat olgandi.

Fransiyaning 1-turdagi Avstraliyaga qarshi o‘yini 22 noyabrga belgilangan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты