Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu kelishuv asosida ketmasa, «MYu» uni U21 jamoasiga o‘tkazib yuboradi

21.11.2022, 15:31

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronaldu ketishga rozi bo‘lmasa, uni yoshlar jamoasiga tushirib yuboradi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, mankunianliklar 37 yoshli hujumchining klub shartlariga ko‘ra ketishini istashmoqda. Agar portugaliyalik bilan bu borada muzokaralar olib borilmasa, u U21 jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ladi.

Shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar Krishtianu qolgan 7 oylik maoshidan voz kechishga tayyormi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Forvard klubda haftasiga 500 ming funtga yaqin maosh oladi.

Bosh murabbiy Erik ten Hag rahbariyatga hujumchi boshqa maydonga tushmasligini bildirgan. Katta ehtimol bilan Ronaldudan JCh-2022dan keyin klub bazasiga qaytmaslik so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘z intervyusida klub unga xiyonat qilgani va ten Hagni hurmat qilmasligini aytgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты