Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rasman: «MYu» Ronaldu o‘zaro kelishuv asosida jamoani tark etishini e’lon qildi

22.11.2022, 22:53

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qiladi.

Klub portugaliyalik hujumchi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilganidan so‘ng darhol jamoani tark etishini e’lon qildi.

37 yoshli futbolchi 2003-2009 yillarda «MYu»da o‘ynagan va 2021 yil jamoaga qaytgandi. U bu mavsumda APLda 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Avvalroq Ronaldu Pirs Morganga katta intervyu berib, unda klubni va bosh murabbiy Erik ten Hagni tanqid qilgandi.

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты