Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «MYu»ni va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman – bu hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo yangi chaqiriqni izlash vaqti keldi»

22.11.2022, 23:09

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etganiga munosabat bildirdi.

Bugun, 22 noyabr kuni Portugaliya milliy jamoasi klub bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildi.

– «Klub bilan muzokaralardan so‘ng shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. «Yunayted»ni va muxlislarini yaxshi ko‘raman – bu hech qachon o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, men uchun yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilyapman.

Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman», – deya 37 yoshli portugaliyalikning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Oldinroq Krishtianu shov-shuvli intervyu berib, «Manchester Yunayted» rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Hagni tanqid qilgandi.

Hujumchi bu mavsumda «MYu» safida 16 o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  SHavkatjon [off]
23.11

Омад
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты