Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gleyzerlar oilasi «MYu»ni sotishga tayyorligini e’lon qildi

24.11.2022, 12:17

«Manchester Yunayted» xo‘jayinlari klubni sotishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Gleyzerlar oilaviy klubi «rivojlanishni tezlashtirish uchun strategik alternativlarni o‘rganish jarayoni» haqida e’lon qildi.

Jarayonning bir qismi sifatida «Yunayted» direktorlar kengashi «barcha strategik variantlarni, jumladan, klubga yangi sarmoya kiritishga ruxsat berish, klubni sotish yoki boshqa bitimlarni ko‘rib chiqadi».

Qayd etilishicha, jarayon doirasida klubni kuchaytirish bo‘yicha bir qancha tashabbuslar baholanadi, jumladan, «Old Trafford» va infratuzilmani rekonstruksiya qilish, shuningdek, biznesni kengaytirish.

Gleyzerlar 2005 yilda 790 mln funt evaziga «MYu»ni qabul qilib olishgan. Hozirda mankunianliklarning narxi taxminan 2,15 mlrd dollarni (1,81 mlrd funt sterling) tashkil etadi.

Avvalroq Gleyzerlar 5-9 mlrd funt sterling oralig‘idagi takliflarni ko‘rib chiqishga roziligi xabar qilingandi.

Premer Ligada 5-o‘rinni egallab turgan jamoa 2013 yildan beri chempionlikni qo‘lga kirita olmayapti va 2017 yilda Yevropa Ligasi hamda Angliya Kubogini qo‘lga kiritganidan buyon sovrin yutmagan. 2021 yilda «MYu» muvaffaqiyatsizlikka uchragan Yevropa Superligasi loyihasining bir qismiga aylandi – buning uchun klub xo‘jayini Joel Gleyzer muxlislardan kechirim so‘rashi kerak edi.

Amerikaliklarning klubga egalik qilgan yillari davomida muxlislar «Old Trafford»da bir necha bor norozilik namoyishlari o‘tkazishgan, hatto klubni Gleyzerlardan sotib olishga harakat qilishgan.

Shu yilning avgust oyida Bloomberg agentligi Gleyzerlar oilasi «Manchester Yunayted»dagi kichik ulushini sotishga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, britaniyalik milliarder Jim Retkliff klubni sotib olishga qiziqayotgani, biroq Gleyzerlar oilasi «MYu»ni sotmoqchi emasligini aytgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты