Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi» Ronalduni sotib olmaydi. Klubning boshqa rejalari bor

24.11.2022, 14:25

«Manchester Yunayted» bilan xayrlashgan Krishtianu Ronaldu «Chelsi»ga o‘tmaydi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

Manbaning yozishicha, London klubi erkin agentga aylangan portugaliyalik 37 yoshli hujumchini taklif etmoqchi emas.

«Chelsi» xo‘jayini Todd Bouli yozda Ronalduni taklif etish masalasini ko‘rib chiqqan, ammo hozirda klub rahbariyati Krishtianuga taklif bilan chiqmoqchi emas. Londonliklar qishda yangi transferga qo‘l ursa, bu yarim himoya yoki himoya chizig‘i vakili bo‘ladi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati Ronalduning transferi jamoa bosh murabbiyi Grem Potterga tarkibni tanlashda katta muammolar yaratishidan xavotirlangan. Qolaversa, u jamoaning ichki muhitiga salbiy ta’sir qilishidan xavfsirashgan.

Avvalroq, The Telegraph nashri Ronalduning «MYu» muxlislari bilan xayralashuv murojaatini chop etgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» 37 yoshli portugaliyalik futbolchining Pirs Morganga bergan intervyusi sababli u bilan amaldagi kelishuvni rasman bekor qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты