Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Marca: «An-Nasr» Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Saudiya Arabistoni klubi ikki yil uchun 242 mln yevro taklif qilgan

24.11.2022, 16:13

Krishtianu Ronaldu Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylanishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bilan kelishuvini bekor qilgan 37 yoshli yoshli portugaliyalik yulduzni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yozda Krishtianu Saudiya Arabistonidan 2 yillik faoliyati uchun 250 million yevrodan ko‘proq mablag‘ni tashkil etuvchi shartnomani rad etgani haqida xabar qilingandi.

Marca nashrining qayd etishicha, 242 million yevro – Ronalduga yozda taklif qilingan mablag‘ga yaqin va hozirgi vaziyatda Krishtianu erkin agent sifatida ushbu shartnomani qabul qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu JCh-2022 davomida Portugaliya milliy jamoasi safida erkin agent sifatida ko‘rsatiladi. Uning yangi klubi turnirdan so‘ng ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Chelsi» Ronalduni taklif etish fikridan qaytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Ar-Riyodning «An-Nasr» klubi Saudiya chempionatida 8-turdan keyin 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov ushbu jamoa sharafini himoya qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты