Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gleyzerlar «MYu»ni qanchaga sotmoqchiligi ma’lum. Xaridorlar orasida Amazon, Facebook va qatarliklar bor

25.11.2022, 10:38

«Manchester Yunayted»ning sotilishi bo‘yicha ayrim tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

22 noyabr kuni klubga 17 yildan beri egalik qilayotgan Gleyzerlar oilasi «MYu»ni sotishga tayyorligini e’lon qilgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, amerikaliklar sotuvdan 5 mlrd funt sterlingdan ko‘proq pul olishni istashmoqda, 6-8 mlrd funt sterling – eng mos variant.

Amazon va Facebook (Meta) kabi yirik IT kompaniyalari klubni sotib olish uchun munosib xaridorlar sifatida ko‘rilmoqda.

Ba’zi davlatlar rasmiylari ham ingliz klubini sotib olishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin – xususan, nomzodlar orasida BAA va Qatar shayxlari ham bor.

Potensial xaridorlar e’tiborga olishlari kerak bo‘lgan masalalardan biri bu – «Old Trafford» stadionini rekonstruksiya qilishdir. Buning uchun 2 mlrd yevrogacha mablag‘ kerak bo‘lishi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты