Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Apple «Manchester Yunayted»ni 7 milliard yevroga sotib olishi mumkin

25.11.2022, 12:03

Apple kompaniyasi «Manchester Yunayted» klubining yangi egasiga aylanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Daily Star xabariga ko‘ra, Gleyzerlar oilasi Apple kompaniyasiga jahonning eng yirik klublaridan birini 6,7 milliard yevroga sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, jahonning eng qimmat va boy brendlaridan sanalmish Apple «Yunayted» darajasidagi klubga egalik qilish tajribasi yo‘qligiga qaramay, bosh direktor Tim Kuk «MYu»ni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kukning rejalaridan biri Manchesterda jahonning eng yaxshi stadionini barpo etish.

Avvalroq, Gleyzerlar oilasi klub «Manchester Yunayted»ni sotishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi. Klub muxlislari ko‘p yillardan buyon Gleyzerlar oilasiga nisbatan norozilik namoyishlari o‘tkazib kelishmoqda.

Bungacha «Manchester Yunayted»ni sotib olishga britaniyalik milliarder ser Jima Retkliff qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Amazon va Facebook (Meta) kabi yirik IT kompaniyalari ham klubni sotib olish uchun munosib xaridorlar sifatida ko‘rilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
25.11

Kim olsa xam jamoa juchaysin
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты