Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Ronaldu o‘rniga qaysi hujumchini taklif etmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

26.11.2022, 10:35

«Manchester Yunayted» jamoani tark etgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga qishki transfer oynasida yangi hujumchi taklif etmoqchi.

Insayder Pedro Almeydaning Twitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, PSV va Niderlandiya milliy jamoasi forvardi Kodi Gakpo yanvar oyida «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tadi.23 yoshli niderlandiyalik forvard yozda «MYu» safiga o‘tishga yaqin bo‘lgan, ammo klub «Ayaks»dan Antonini sotib olgach, Gakpo PSVda qolgan edi.

Avvalroq, Eyndxoven klubi rahbariyati Gakponi 35 million yevroga sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. JCh-2022dan keyin bu narx yanada o‘sishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ronaldu JCh-2022da Portugaliya milliy jamoasi safida erkin agent hisoblanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.11

Гапко яхши ўйинчи
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты