Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «5 ta JChda gol urgan birinchi futbolchi bo‘lganimdan faxrlanaman»

26.11.2022, 13:39

Krishtianu Ronaldu JCh-2022 1-turidan o‘rin olgan Ganaga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchi jamoasining birinchi golini urib, 5 ta mundialda to‘p kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.

«Bu ajoyib lahza – beshinchi jahon chempionatidagi golim. G‘alaba qozondik, turnirni yaxshi boshladik. Juda muhim g‘alaba. Bilamizki, bunday musobaqalarda birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish muhim.

Va yana bir rekord, ha. Ketma-ket 5 ta jahon chempionatida gol urgan yagona odamman va bundan faxrlanaman. Jamoa ajoyib futbol ko‘rsatganidan xursandman. Qiyin bo‘ldi, lekin haqli g‘alabaga erishdik.

«Manchester Yunayted»dagi tarix yopildi, bor e’tiborimni faqat Jahon chempionatiga qaratganman. G‘alaba qozondik, men jamoaga yordam berdim. Qolganlari muhim emas», – deydi Ronaldu.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты