Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Felish «Atletiko»ni tark etishga qaror qildi. Unga 4 klub da’vogar

27.11.2022, 13:43

Joau Felish «Atletiko»ni tark etishga qaror qildi.

Marca xabariga ko‘ra, 23 yoshli portugaliyalik yangi jamoa topishni so‘rab agenti Jorje Mendeshga murojaat qilgan.

Hujumchiga da’vogarlar orasida «Bavariya», PSJ, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bor.

Futbolchi qadrini oshirish va qobiliyatini namoyish etish uchun JCh-2022da yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi.

Felish bu mavsumda La Liganing 12 o‘yinida atigi 510 daqiqa o‘ynadi. U «Atletiko»ga 2019 yili 126 mln evro evaziga «Benfika»dan o‘tgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты