Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu Masharipovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

29.11.2022, 10:46

Saudiya Arabistoni klubi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi.

CBS Sports xabariga ko‘ra, «An Nasr» yanvar oyida portugaliyalikni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va bu borada uning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov o‘ynaydigan klub Krishtianuga har bir mavsumga 75 mln dollar maosh bermoqchi va futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolamoqchi.

Avvalroq saudiyaliklar Ronalduga 2 yilga 242 mln yevro bermoqchiligi xabar qilingandi.

Tomonlar futbolchining yakuniy qarorini kutishmoqda. Agar Ronaldu transferga rozi bo‘lsa, kelishuv uzoq davom etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni 37 yoshli hujumchi «Manchester Yunayted» bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты