Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

FIFA to‘p Ronalduga tegmaganini ma’lum qildi. Bu to‘pdagi chip orqali aniqlangan

29.11.2022, 23:12

FIFA Portugaliya futbol federatsiyasi so‘roviga javoban, Urugvay darvozasiga kiritilgan 1-gol vaziyatida to‘p Krishtianu Ronalduga tegmaganini tasdiqladi.

ESPN xabariga ko‘ra, FIFA va Adidas kompaniyasi to‘pda o‘rnatilgan chip orqali Brunu Fernandesh tomonidan uzatilgan to‘p Ronalduga tegmaganini aniqlagan.

«Adidas kompaniyasi texnologiyalari orqali o‘tkazilgan tahlillar natijasida aniq ayta olamizki, 1-gol kiritilgan vaziyatda to‘p Krishtianu Ronalduga tegmagan», – deyiladi FIFA ma’lumotida.

Qayd etilishicha, JCh-2022 uchun foydalanayotgan barcha to‘plarda golni aniqlash uchun mikrochiplar o‘rnatilgan.

Avvalroq, Portugaliya futbol federatsiyasi FIFAga gol muallifi Ronaldu ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yuborishini ma’lum qilgach, FIFA texnik komissiyasi gol muallifi kim ekanini aniqlash uchun vaziyatni batafsil tahlil qilishi haqida ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan keyin Ronaldu to‘p uning boshiga tekkanini ma’lum qilgan edi. FIFA golni Brunu nomiga qoldirgach, uning hisobidagi 2 ta gol va 2 ta assist qoladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты