Yangiliklar tasmasi
De Xea: «Ketma-ket to‘rt-besh o‘yinda g‘alabaga erishish kerak»
01.12.2019, 14:17
«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea jamoaning so‘nggi paytdagi o‘yinlari haqida gapirdi.
– «Jamoani kuchaytirish kerak deb o‘ylamayman. Yigitlar mashg‘ulotlarda ham o‘yinlarda ham bor kuchini sarflashmoqda. Balki o‘yin davomida ularga biroz mahorat yetishmayotgandir. Ha, hozirda jamoa unchalik yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Ammo oldinda ketma-ket to‘rt-besh o‘yinda g‘alabaga erishsak, barchasi yaxshi bo‘lib ketadi. Bizga barqarorlik yetishmayapti, ko‘plab aspektlar borasida ishlash kerak», – dedi De Xea.
Manba: www.championat.asia