Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sanchesga xaridor topildi

18.08.2019, 10:19

«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches A Seriyaga qaytishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsioning saytida ma’lum qilinishicha, Milanning «Inter» klubi Sanches va uning agenti bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Endilikda «neradruzzi» «MYu» bilan kelishuv shartlarini belgilab olishi lozim.

Chililik hujumchiga «Roma» da’vogarligi haqida ham xabarlar bor.

Eslatib o‘tamiz, Aleksis «MYu»dan oldin «Arsenal» va «Barselona» klublarida o‘ynagan, ulardan oldin esa uch mavsum A Seriyada «Udineze» sharafini himoya qilgan.

Avvalroq Sanchesning mankunianliklar bilan shartnomasiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘lgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.08

Сотиш керак аммо хозирда МЮда хужумчилар муамоси бор буни хам бир уйлаб куриш керак агар сотадиган булса кишгача МЮ хужумчилари жарохатдан ехтийот булиб уйнаши керак

  [off]
18.08

Yoq qoldirish kerak
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты