Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Forlan: «Ronaldu kiyinish xonasida egoist, kuni bilan ko‘zguga qaragani qaragan edi»

18.08.2019, 13:40

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Diyego Forlan bu klubda 7-raqamda o‘ynagan ikki yulduz – Devid Bekhem va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

– «Bekhemdan farqli o‘laroq, Ronaldu kiyinish xonasida egoist edi. Krishtianu doim oynaga yaqin joyda bo‘lishni xohlardi. Ertalabdan kechgacha ko‘zguga qaragani qaragan edi», – dedi Forlan Mirror`ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Forlan 2002-2004 yillarda «MYu»da o‘ynagan; 2003 yil yozida Bekhem «Real»ga o‘tgan va «Yunayted» Ronalduni sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Diyego faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.08

Маладес
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты