Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Van Persi: «Men «Arsenal»ga uylangandim»

18.08.2019, 13:49

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Robin van Persi 2012 yilda «Manchester Yunayted»ga o‘tgani haqida gapirdi.

– «Men «Arsenal»ga uylangandim. Turmushimiz 8 yil davom etdi. Keyinchalik bir-birimizni yoqtirmay qoldik, - dedi xazilona ravishda, - klub menga yangi shartnoma taklif qilmadi. O‘sha paytlarda APLni yutishni istardim. Oldimda ikki yo‘l bor edi - takliflar Manchesterning ikki klubidan tushayotgandi. Birini tanladim va o‘z maqsadimga yetdim», – dedi van Persi.

Gollandiyalik futbolchi «Arsenal» tarkibida 2004-2012 yillar davomida to‘p tepgan va 194 o‘yinda 96 gol kiritgan. 2012-2015 yillarda «Manchester Yunayted»da u 86 bahsga 48 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Hozirda Robin televideniyada boshlovchilik qilmoqda.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.08

Зўр хужумчи эди, гап бўлиши мумкин эмас. Кейинги ишларида омад ёр бўлсин!!!

  [off]
18.08

Кайерда хато кетди дейсанда Робин аслида МЮда уйнашинг керак еди
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты