Marotta Sanches transferini bloklab qo‘ydi
18.08.2019, 16:43
«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta «Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanchesning transferini bloklab qo‘ydi.
Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, tomonlar 30 yoshli futbolchining ijara asosida Milanga ko‘chib o‘tishi borasida kelishib olishgan. Biroq Marotta nomalum sabablarga ko‘ra, ushbu transferga taqiq qo‘ygan.
Oldinroq Sanchesning xizmatlariga «Roma» tomonidan qiziqishlar bo‘layotgandi. O‘tgan mavsumda Sanches «MYu» tarkibida 27 o‘yinda 2 gol kiritishga erishdi.
Manba: www.championat.asia